Jahon | 20:13 / 30.11.2015
2627
1 daqiqa o‘qiladi

Gvatemaladagi qamoqxonada ko‘tarilgan isyon vaqtida 16 mahbus halok bo‘ldi

Gvatemala huquqni muhofaza qilish xodimlari mamlakat qamoqxonalaridan biridagi isyon vaqtida halok bo‘lgan mahbuslarning sonini aniqladi, deb xabar bermoqda Reuters.

Hukumat ma'lumotiga ko‘ra, 16 nafar kishi halok bo‘lgan. Avvalroq ularning soni olti nafar ekanligi xabar berilgan edi.

Hukumatning aniqlik kiritishicha, halok bo‘lganlarning barchasi mahbuslar, ular orasida nazorat xodimlari yo‘q. Voqea mahbuslar o‘rtasida kelib chiqqan to‘qnashuvdan sodir bo‘lgan. Ularning ayrimlari, hatto, Kalashnikov avtomatlari bilan qurollangan bo‘lishgan.

Qurolli qo‘shinning maxsus guruhi qamoqxonada tartib o‘rnatish uchun u yerga yo‘naltirilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish