Jahon | 12:55 / 30.11.2015
5770
2 daqiqa o‘qiladi

Nazarboyev inqirozdan chiqishning 7 qadamini sanab o‘tdi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev moliyaviy inqirozdan chiqishga yordam beradigan 7 qadam haqida gapirib berdi.

“Global inqiroz nafaqat xatar, balki yangi imkoniyatlar ham demakdir”, - dedi u millatga murojaatida.

“Oxirgi yarim asrda amalda barcha davlatlar noldan boshlashgan. Qozog‘iston esa eng qiyin davrda tug‘ildi. Biz neftsiz yashar edik. Biz mustaqilligimizni e'lon qilganimiz 90-yillar osonmidi axir? 90-yillarning birinchi yarmi inqirozning barcha dahshatlarini ko‘rsatdi. Odamlar chiroqsiz, issiqliksiz, oylik maosh va pensiyasiz qolishdi. Biz bundan o‘tdik, qiyinchilik bilan yolg‘iz qoldik, lekin omon qoldik”, - dedi Nazarboyev.

Shundan so‘ng u inqirozdan chiqish uchun tashlanishi lozim bo‘lgan 7 qadamni sanab o‘tdi:
Birinchidan, Qozog‘iston xom ashyo resurslariga bog‘liq bo‘lmagan iqtisodiyotni yaratadi.
Ikkinchidan, “Nurli jo‘l” dasturi qabul qilinadi.

Uchinchidan, “Yuz konkret qadam” millat rejasi amalga oshiriladi.
To‘rtinchidan, kichik va o‘rta biznes yo‘lidagi kichik to‘siqlar olib tashlanadi.
Beshinchidan, neft narxi barreliga 20-30 dollarga tushib ketishi holatlari uchun harakat rejasi ishlab chiqiladi.

Oltinchidan, Qozog‘iston iqtisodiy o‘sishining drayverlariga iqtisodiyotning yangi sektorlari aylanadi. Bular sirasiga bugun o‘sishni ko‘rsatayotgan qayta ishlash tarmoqlar kiradi.

Yettinchidan, qozog‘istonliklarning iqtisodiy fe'l-atvori o‘zgaradi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish