Jahon | 10:30 / 30.11.2015
2416
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Turkiya sohil nazorati xodimlari Gretsiyadan kelayotgan 200 nafardan ziyod muhojirni qutqarib qoldi

Turkiya sohil nazorati xodimlari Gretsiyadan mamlakat tomon harakatlangan 220 nafar muhojirni Egey dengizida qutqarib qolishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda Anadolu axborot agentligi xabar bermoqda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Suriya, Falastin, Xitoy va Hindiston fuqarolaridan iborat muhojirlarning to‘rtta qayig‘i Gretsiyaning Lesbos oroliga borishga harakat qilishgan.

Turkiyaning Ayvalik shahri yaqinida muhojirlarning bir kemasi ag‘darilib ketadi. Voqea joyiga Turkiya sohil nazorati xodimlari yetib kelishga mauvaffaq bo‘ladi va qayiqdagi barcha odamlar qutqarib qolinadi. 65 ayol va 41 nafar boladan iborat muhojirlarning barchasi qutqarib qolinadi. Ular Turkiya orollaridan biriga joylashtiriladi. Bir nafar bola kasalxonaga yotqiziladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish