Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 18:12 / 30.11.2015
7202
1 daqiqa o‘qiladi
Peskov: Parijda Putin va Erdo‘g‘anning uchrashuvi o‘tkazilmaydi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Parijda turkiyalik hamkasbi Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan uchrashishni rejalashtirmagan. Bu haqda uning matbuot kotibi Dmitriy Peskov bayonot berdi.
“Erdo‘g‘an bilan uchrashuv rejalashtirilmayapti, bunday uchrashuv haqida gap ketmayapti”, - uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti agentligi.
Peskov hozircha ish rejasiga bunday uchrashuv kiritilmaganini qo‘shimcha qildi.