Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Qayrat" jamoasi Vladimir Vayss bilan shartnomani bekor qildi
Qozog‘istonning "Qayrat" jamoasi bosh murabbiy Vladimir Vayss bilan o‘zaro hamkorlikni to‘xtatdi.
Slovakiyalik ushbu mutaxassis 2012 yilning oxiridan buyon jamoada ishlab, jamoa bilan 3 mavsum davomida 3ta medallar shodasini qo‘lga kiritib, 2 marta mamlakat kubogida g‘alaba qildi. Bundan tashqari, olmaotaliklar jamoasi ushb murabbiy boshchiligida o‘z tarixida ilk marta Yevropa Ligasining saralash bosqichi pley-offida ishtirok etdi.
"Vladimir Vayss murabbiyligida "Qayrat" jamoasi yangi bosqichga ko‘tarildi. Jamoa Vladimir Vayssga minnatdorchilik bildiradi va kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi", deyiladi jamoa sayti xabarida.