Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 11:31 / 30.11.2015
3307
1 daqiqa o‘qiladi
Qirg‘iziston prezidenti Fransiyaga ishchi safar bilan yo‘l oldi
Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev Fransiyaga ishchi safar bilan yo‘l oldi. Bu haqda uning matbuot xizmati xabar qildi.
Aytilishicha, Atambayev Parijda BMTning tegishli konvensiyasi bo‘yicha o‘tkaziladigan 21-xalqaro iqlimiy konferensiyaning ochilishida ishtirok etadi.
Konferentsiya ishida 147 davlatlar rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda.