Jahon | 20:09 / 30.11.2015
2267
1 daqiqa o‘qiladi

Rim papasi Afrika davlatlari bo‘ylab safarini yakunladi

Rim papasi Frantsisk Afrika mamlakatlari bo‘ylab uyushtirgan safarini yakunladi. Assoshieyted Press xabariga ko‘ra, papa Bangi stadionidagi marosimdan so‘ng, to‘g‘ri Rimga yo‘l olgan.

Qayd etilishicha, xavfsizlik sharoitlari ta'minlanmaganiga qaramasdan papa Bangidagi musulmonlar yashovchi anklav hududga borgan. Bu hududda favqulodda voqea ro‘y bermagan.

Biroz oldinroq, Rim papasi Afrikadagi safari vaqtida musulmonlar va xristianlarni birodarlar deb atagani xabar qilingandi.

Frantsisk Keniyada, so‘ng jiddiy diniy qarama-qarshiliklar ketayotgan Uganda va Markaziy Afrika Respublikalarida bo‘ldi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish