Jahon | 08:56 / 30.11.2015
6520
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya harbiylari AQSh hududi ustidan kuzatuv parvozini amalga oshiradi

Rossiyalik inspektorlar guruhi ochiq osmon bo‘yicha xalqaro shartnoma ijrosi doirasida Tu-154M Lk-1 kuzatuv samolyotida AQSh hududi ustida parvozni amalga oshiradi. Bu haqda Interfaks agentligi xabar bermoqda.

“Kuzatuv parvozi 2015 yilning 30 noyabridan 5 dekabriga qadar Trevisdagi (Kaliforniya shtati) ochiq osmon aerodromidan amalga oshiriladi. Parvozning maksimal uzoqligi 4 250 km ni tashkil qiladi”, - dedi Rossiya yadroviy xavfni kamaytirish milliy markazi boshlig‘i Sergey Rijkov.

Uning so‘zlariga qaraganda, kuzatuv parvozi ishtirokchi davlatlar harbiy faoliyati ochiqligini oshirishga yordam berish maqsadida amalga oshiriladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish