Jahon | 13:29 / 30.11.2015
5387
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada armiyadan qochgan erkak 11 yil davomida Kamchatka o‘rmonlarida berkinib yurgani aniqlandi

Kamchatka o‘lkasi politsiyasi 11 yil muqaddam armiyadan qochib, Radigino qishlog‘ida yashirinib kelgan erkakni qo‘lga oldi. Bu haqda IIVning mintaqaviy bo‘linmasi sayti orqali xabar qilindi.

Taganrogda yashovchi 1985 yili tug‘ilgan erkak 2003 yili yarim orolning harbiy qismlaridan birida xizmatni o‘tayotgan edi. Keyingi yili u armiyadan qochib ketgan. Bir necha oydan so‘ng qarindoshlari uni halok bo‘lganlar ichida taniganini aytishgan va shu bilan ish yopilgan.

Qo‘lga olingan erkak shu yillar davomida Kamchatka o‘rmonida yashaganini, tasodifiy daromadlar hisobiga kun ko‘rganini, qarindoshlari bilan aloqaga chiqmaganini ma'lum qildi.
Politsiya uni harbiy tergovchilarga topshirdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish