Jahon | 17:56 / 30.11.2015
7541
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya Su-24 uchun Rossiyadan uzr so‘rashdan bosh tortdi

Turkiya urib tushirilgan Su-24 uchun Rossiyadan uzr so‘rashni istamaydi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Ahmat Dovudo‘g‘li bayonot berdi.

“Havo hududimizni va quruqlikdagi chegaramizni himoya qilish bu shunchaki bizning huquqimiz emas, balki burchimiz hamdir. Hech kim o‘z burchini bajarganligi uchun uzr so‘ramaydi”, - uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti agentligi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish