Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina 2016 yilda JARdan ko‘mir olishni davom ettiradi
Ukraina 2016 yilda JARdan ko‘mir sotib olishni davom ettiradi, shu boisdan yanvar oyidan boshlab mamlakatga 170 ming tonna ko‘mir olib kelinadi. Bu haqda Ukraina Energiya vazirligi boshlig‘i Vladimir Demchishinning ma'lumotlariga asoslanib, RIA “Novosti” xabar bermoqda.
“Ikki kema yanvar oyida 170 ming tonna ko‘mir olib kelishga tayyor turibdi”, — dedi u. Ma'lum bo‘lishicha, Ukraina dekabr oyining o‘zida JARdan 250 ming tonna ko‘mir olishni reja qilgan.
Avvalroq Ukraina bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk qish mavsumini o‘tkazish uchun Ukrainada ko‘mir zaxirasi yetishmasligini ma'lum qilgan edi.