Sport | 22:44 / 30.11.2015
5820
1 daqiqa o‘qiladi

Vladimir Klichko Fyuridan mag‘lub bo‘lganidan aziyat chekayotganini tan oldi

Ukrainalik bokschi Vladimir Klichko o‘zining Twitter’dagi mikroblogida britaniyalik bokschi Tayson Fyuri bilan o‘tkazgan jangdan keyin hanuzgacha o‘ziga kelolmayotganini tan oldi.

“Men hanuzgacha haqiqatan ham yutqazganimga ishonmayapman. Men aziyat chekmoqdaman”, deb yozdi Klichko mikroblogida.

Klichko IBF, IBO, WBO va WBA talqinlari bo‘yicha jahon chempioni unvonlarini yutqazib qo‘ygan jang 29 noyabrda bo‘lib o‘tdi va 27 yoshli britan sportchisining g‘alabasi bilan yaunlandi.

Klichko oxirgi marta 11 yil avval, ya'ni 2004 yil aprelida AQShlik bokschi Laymon Bryusterga texnik nokaut bilan yutqazgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish