Jahon | 12:20 / 01.12.2015
3203
1 daqiqa o‘qiladi

Ar-Riyod qochqinlarga uyushtirilgan hujumlarni qoraladi

Saudiya Arabistoni Vazirlar Kengashi mintaqadagi terror o‘choqlari va zo‘ravon rejimlardan qochayotgan muhojirlarga nisbatan sodir etilgan hujumlarni keskin qoraladi. Bu haqda Arabnews nashri xabar berdi.

Navbatdagi yig‘ilish chog‘ida vazirlar “umuman qochqinlar va xususan musulmonlarga nisbatan dushmanona, irqchilik ruhidagi va noinsoniy ritorikaning oxirgi paytlarda oshib borayotgani”dan chuqur tashvishda ekanliklarini bildirib o‘tdi.

Madaniyat va axborot vaziri Odil at-Turayfiy matbuot anjumanida vazirlar hukumatni, OAV va nodavlat tashkilotlarni ushbu masalalarga e'tibor qaratishga chaqirganini ma'lum qilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish