Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ko‘chmas mulk narxlari o‘sishi reytingida Turkiya 1-o‘rinni egalladi
Oxirgi yil davomida Turkiyada uy-joy binolariga narxlar eng ko‘p oshgani qayd qilindi. Bunday fikrga Knight Frank xalqaro ko‘chmas mulk agentligi o‘zining har choraklik Global House Price Index hisobotida kelmoqda. Yakuniy reytingga 55 ta davlat va hudud kiritildi, deb xabar bermoqda RBK.
2014 yilning 3-choragidan 2015 yilning 3-choragigacha Turkiyada uy-joy narxi 18,9 foizga qimmatlashgan. Bu vaqt davomida Rossiyada bu ko‘rsatkich 1,2 foizni tashkil qilgan. Shu tariqa, Turkiyadagi uy va kvartiralar narxi Rossiyadagidan 16 marta ko‘proq oshgan.
Rossiya ushbu reytingda 43-o‘rinni (o‘tgan chorakda 32-o‘rin) egalladi. Turkiya esa 2-o‘rindan 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Oxirgi oylar davomida Global House Price Index hisobotida Gonkong barqaror ravishda yetakchilik qilib kelayotgan edi. 2015 yilning 3-choragida shahar ko‘chmas mulk narxi oshishi sur'atlari sekinlashgani, ya'ni oxirgi 3 oy ichida bu yerda uy-joy 1,9 ga oshgani bois, 2-o‘ringa tushdi. Yetakchilar qatoridan 3- va 6-o‘rinni egallagan Yangi Zelandiya va Avstraliya ham o‘rin oldi. Bu davlatlarda xalqaro moliyaviy inqiroz boshidan ko‘chmas mulk mos ravishda 43 va 48 foizga o‘sgan.
Yevropa davlatlari o‘rtasida bu borada Skandinaviya mintaqasi yaxshi ko‘rsatkichni namoyish qilmoqda, bu yerda o‘sish mintaqa bo‘yicha o‘rtacha 7,8 foizni tashkil qilgan. Yevropada eng katta ko‘rsatkich Shvetsiyada qayd qilingan, bu yerda “tarixan shakllangan taklifning tanqisligi tufayli” ko‘chmas mulk 11,1 foizga qimmatlashdi. Shuningdek, yetakchi o‘ntalikdan Qozog‘iston ham o‘rin oldi.
55 ta davlatdan ko‘chmas mulk narxlarining milliy valyutada o‘sishini 45 ta davlat namoyon qildi. 3-chorakda 2-chorakka nisbatan ijobiy dinamikaga ega davlatlar 7 foizga ko‘paydi. Umumiy hisobda uy-joy jahon narxlari 2,7 foizga oshgan. Reytingning oxirgi o‘rinidan Ukraina joy oldi, bu yerda yil davomida uy-joy narxi 14,8 foizga arzonlashgan.