Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATO Afg‘onistondagi 12 ming kishilik harbiy kontingentini saqlab qoladi
NATO o‘zining Afg‘onistondagi faoliyatini 2016 yil so‘nggiga qadar davom ettiradi. Bu haqda NATO Bosh kotibi Yyens Stoltenberg tashkilotga a'zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida ma'lum qilgan.
The Wall Street Journal nashri muxbirining yozishicha, Afg‘onistonda bo‘lib turgan 12 ming harbiydan iborat kontingent ham saqlab qolinadi.
“Biz alyansga a'zo mamlakatlarning tashqi ishlar vazirlari bilan yig‘ilishda Afg‘onistondagi NATOning instruktorlar va va maslahatchilar missiyasining faoliyat muddatini uzaytirish masalasini ko‘rib chiqamiz va u yerda ishtirok etayotgan kuchlar darajasini ham muhokama etdik. Yakunda Afg‘onistondagi harbiylar sonini 12 ming nafar miqdorida saqlab qolish qarori qabul qilindi”, degan Stoltenberg.
Shuningdek, Bosh kotib tashkilot a'zolari bilan 2018 yildan so‘ng Afg‘onistondagi qo‘shin uchun mablag‘ yig‘ishni boshlash ham muhokama etiilganini bildirgan.