Jahon | 22:28 / 01.12.2015
4307
1 daqiqa o‘qiladi

Obama Turkiyani Suriya bilan chegaradagi “bo‘shliqlar”ni yopishga chaqirdi

AQSh prezidenti Barak Obama Turkiyani Suriya bilan chegaradagi “yaqin bo‘shliqlar”ni yopishga chaqirdi. Matbuot anjumanini NBC telekanali translatsiya qildi.

Obamaning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya tomoni amalga oshirayotgan ishlarga qaramay, Suriya bilan chegaralarda “bo‘shliq”lar qolib ketmoqdaki, IShID undan terrorchilar tayyorlashda va neft savdosi bilan shug‘ullanishda foydalanmoqda.

Prezidentning ta'kidlashicha, u Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on bilan bu borada juda ko‘p suhbatlashgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish