Jahon | 10:34 / 01.12.2015
4713
1 daqiqa o‘qiladi

Ostonada zirhlangan g‘ildirakli mashinalar ishlab chiqaruvchi zavod ochildi

30 noyabr kuni Qozog‘istonda zirhlangan g‘ildirakli mashinalar ishlab chiqaruvchi zavodning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda mamlakat mudofaa vazirligining matbuot xizmati xabar qildi.


Korxona “Kazaxstan Paramaunt Injiniring” MChB tomonidan tashkil etildi. Zavodni tantanali ravishda Qozog‘iston prezidenti va ayni paytda oliy bosh qo‘mondoni Nursulton Nazarboyev ochib berdi.

Aytilishicha, bunday loyiha O‘rta Osiyoda birinchi marta amalga oshirilmoqda va u mashinasozlik sanoatida sifat o‘zgarishi yasaydigan qo‘shma korxona bo‘lishi kutilmoqda.
Zavodning ishlab chiqarish salohiyati yiliga 120 dona mashinani tashkil qiladi. Zamonaviy yuqori texnologik uskunalar bilan jihozlangan zavodning ishlab chiqarish sifatini ta'minlab beradi.

Zavod mahsuloti xalqaro standartlarga monand ishlab chiqariladi, bu esa mashinalarni Qozog‘istondan tashqarida sotish imkoniyatini ham beradi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish