Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ Xitoy bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi
Joriy yilning 5-6 noyabr kunlari Toshkentda o‘tkazilgan Xalqaro investitsiyaviy forum doirasida "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ va Xitoy hamkorlik qilishi to‘g‘risidagi memorandum imzolangan.
UzA xabarida aytilishicha, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati bilan Xitoy Xalq Respublikasining “XSMG” kompaniyasi o‘rtasida “Urganch ekskavator zavodi” aksiyadorlik jamiyatining 44,4 foiz ulushini sotib olish yuzasidan anglashuv memorandumi imzolandi. Ayni paytda “O‘zbekiston temir yo‘llari” mutaxassislari xitoylik investorlar bilan axborot almashinuvini yo‘lga qo‘ygan.
Shuningdek, “O‘zbekiston temir yo‘llari” va Fransiyaning “Alstom” kompaniyasi bilan asinxron tortishli elektr dvigatellari, Germaniyaning “Teichmann Group” kompaniyasi bilan yuk ko‘tarish mashinalari kranlari va mexanizmlarini modernizatsiya qilish, tiklash va ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish yuzasidan imzolangan memorandumlarga muvofiq mazkur investitsiya loyihalari Toshkent mexanika zavodi bazasida amalga oshiriladi.
Investitsiyaviy forum doirasida “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik kompaniyasi xorijlik investorlar bilan umumiy qiymati qariyb 53 million dollarlik anglashuv memorandumlari va shartnomalar imzolagan.