Jahon | 17:42 / 01.12.2015
2689
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyaliklarning 70 foizdan ortig‘i teraktlar qurboni bo‘lishdan qo‘rqadi

Rossiyaliklarning ko‘pchilik qismi terror qurboni bo‘lishdan qo‘rqadi. Bu haqda Butunrossiya jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalaridan ma'lum bo‘ldi. Tadqiqot yakunlari tashkilot saytida e'lon qilindi.

Jamiyatshunoslar keltirgan ma'lumotlarga qaraganda, respondentlarning 31 foizi terrorchilar qo‘lida juvonmarg bo‘lishdan juda, 41 foizi esa shunchaki cho‘chiydi. Shu bilan birga, ularning 15 foizi bunday ehtimolning yo‘qligiga ishonmoqda, 12 foizi esa hatto bu haqida o‘ylab ham ko‘rishmagan, nihoyat, 1 foizi savolga javob berishga qiynaldi.

Ta'kidlanishicha, bu yilgi ko‘rsatkichlar 2014 yil yanvaridagiga juda yaqindir – o‘shanda rossiyaliklar Volgograddagi teraktlardan qo‘rqib qolishgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish