O‘zbekiston | 17:36 / 01.12.2015
4945
1 daqiqa o‘qiladi

«Termiz tarixiy-madaniy qadamjolari» deb nomlanuvchi xarita taqdimoti o‘tkazildi

30 noyabr kuni Surxondaryo viloyati ma'muriy markazida «Termiz tarixiy-madaniy qadamjolari» deb nomlanuvchi xarita taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «Gazeta.uz» internet-nashri xabar tarqatmoqda.

Manbaning yozishicha, xarita o‘zbek, rus, ingliz tillarida bo‘lib, hududning turizm salohiyatini kengaytirish hamda uning madaniy va tarixiy yodgorliklari haqida axborot berish maqsadida tayyorlangan.

Mazkur loyiha OXUS Culture tashkiloti tomonidan Gyote institutning O‘zbekistondagi vakolatxonasi va Termiz arxeologiya muzeyi bilan hamkorlikda amalga oshirildi.

A3 formatidagi nashr qadimiy Termiz hududidagi 20 ta obektni, jumladan Al Hakim at-Termiziy, Fayoyoztepa, Zul-Kifl, Sulton Saodat, Kokildor ota va Imom Termiziy maqbaralari kabi tarixiy yodgorliklarni o‘z ichiga oladi.

OXUS Culture bergan ma'lumotga ko‘ra, tashkilot kelgusida mamlakatning boshqa hududlari uchun ham xuddi shunday xaritalar ishlab chiqishni rejalashtirilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish