Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaman prezidenti hukumatda o‘zgarishlarni amalga oshirdi
Yaman prezidenti Abd Rabbu Mansur Xodiy o‘rinbosari Xolid Baxxox boshchilik qilayotgan hukumatda bir qator yangi vazirlar tayinlanishi to‘g‘risida buyruq chiqardi. Bu haqda Sputnik agentligi xabar bermoqda.
Xodiyning qaroriga binoan, tashqi ishlar vaziri Riyod Yosin mansabidan olinib, uning o‘rnini Abdulmalik al-Maxlafiy egallaydi. IIVning yangi rahbari etib Husayn Muhammad Arab tayinlandi. Undan ilgarigi vazir Abdu Huzayfiy endi ichki razvedkaga boshchilik qiladi.
Shuningdek, prezident axborot, transport va fuqarolik xizmati vazirlarini o‘zgartirdi.