Jahon | 17:37 / 02.12.2015
2472
1 daqiqa o‘qiladi

500 ming nafarga yaqin suriyalik qochqin Turkiyadan YeIga ko‘chiriladi

Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Yevrokengash va Turkiya 500 ming nafarga yaqin suriyalik qochqin Turkiya hududidan YeI davlatlariga ko‘chirilishi bo‘yicha bitimni imzolashini ma'lum qildi, deya xabar bermoqda Reuters.

Orbanning oydinlik kiritishicha, bunday kelishuv haqida joriy haftada e'lon qilinadi.
Shuningdek, u muhojirlar inqirozi va terroristik tahdidlarning ortgani xavfsizlik choralari va chegara nazoratini kuchaytirishni taqozo etayotgani qayd etib o‘tdi. Bosh vazirning qo‘shimcha qilishicha, yerohududdagi yaqinda kuzatilgan inqiroz – pul-moliya siyosatini ham qaytadan ko‘rib chiqishga imkon tug‘diradi.

Bundan avvalroq esa Vengriya bosh vaziri Viktor Orban migratsion muammoni hal etish uchun YeIning asosiy qonunlariga o‘zgartishlar kiritish lozimligini ma'lum qilgani haqida xabar tarqatilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish