Jahon | 22:53 / 02.12.2015
5052
1 daqiqa o‘qiladi

Afg‘onistondagi toliblarning yangi yetakchisi otishmada og‘ir yaralandi

Afg‘onistonda faoliyat yurituvchi “Tolibon” ekstremistik harakatining yangi yetakchisi Mulla Mansur otishmada og‘ir yaralandi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

“Tolibon” iyul oxirida guruhning sobiq yetakchisi Mulla Umarning halok bo‘lganini rasman tasdiqlagan va shu sababli uning o‘rniga uning o‘rinbosari Axtar Muhammad Mansur tayinlangan.

Afg‘onistondagi vaziyat oxirgi oylarda anchagina yomonlashgan. Avval mamlakatning qishloq joylarida kattagina yerlarni egallab olgan “Tolibon” yirik shaharlarga hujum qilishni boshlagan. Sentyabr oxirida “Tolibon” jangarilari 300 mingdan ko‘proq aholiga ega Qunduz shahrini bosib olgan, hozirda esa G‘azniy viloyatining ma'muriy markazi hisoblangan G‘azniy shahriga hujumlar olib bormoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish