Jahon | 15:43 / 02.12.2015
8041
1 daqiqa o‘qiladi

AR: NATO Rossiyaning qadamlaridan xavotirda, lekin usiz ishlay olmaydi

NATO va AQSh Rossiyaning Ukrainadagi agressiyasi hamda Suriyadagi harbiy amaliyotlaridan tashvishda, lekin NATO davlatlari vazirlari Bryusseldagi yig‘ilish chog‘ida har ikki masalada Rossiya bilan hamkorlik qilishga majburligini tan oldi. Bu haqda Associated Press agentligi yozmoqda.

Suriyaga kelganda esa, agentlik muxbiri ta'kidlaganiday, “to‘lovi hech qayerda bo‘lmaganichalik yuqori” bo‘lgan mazkur hududda Rossiya bilan hamkorlik qilish masalasiga NATO a'zolari turlicha yondashmoqda.
Rossiya bilan hamkorlikni yoqlovchi davlatlar qatoriga Germaniyadan so‘ng IShIDning G‘arbdagi eng yirik hujumlariga duchor bo‘lgan Fransiya ham qo‘shildi.

AQSh esa Rossiya bilan hamkorlik Bashar Asad bilan hamkorlikka tengligini e'tirof etmoqda.
Shunga qaramay, Vashington rasmiylari Ukraina va Suriya ixtiloflarini diplomatik yo‘llar bilan hal qilishda Rossiyaning katta yordami tegishidan umid qilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish