23:05 / 02.12.2015
7898

Erdo‘g‘an Rossiyaning hissiyotli harakatlariga aql bilan javob qaytarilishini ma'lum qildi

Turkiya Rossiyaning Su-24 samolyoti urib tushirilishi bilan bog‘liq holda keskin reaksiyalar ko‘rsatayotganiga javoban hissiyot bilan yondoshmaydi. Bu haqda G‘arb matbuoti Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anga asoslanib, xabar tarqatgan.

"Biz Rossiyaning hissiyotli harakatlariga qarshi aql bilan ish tutamiz", degan u.

Uning ta'kidlashicha, rasmiy Anqara Turkiyadan kelib chiqishi rossiyalik bo‘lganlarni chiqarib yuborishni rejalashtirmagan.

Turkiya rahbarining qayd etishicha, o‘z mamlakati Rossiyani strategik hamkor sifatida bilsa ham, bu davlat turkiyalik tadbirkorlarga nisbatan taqiqlar qo‘lladi.

"Biz tilda ish qilmaymiz", degan Erdo‘g‘an.

Turkiya va Rossiya munosabatlari 24 noyabr kuni ruslarning Su-24 rusumli harbiy bombardimonchi samolyoti Turkiya-Suriya chegarasi hududida urib tushirilganidan so‘ng yomonlashdi. Turkiya bu samolyotni o‘z havo kengliklarini buzib o‘tgani uchun urib tushirganini ma'lum qilgan. Rossiya tomoni esa bu ayblovni tan olmagan.

Shundan so‘ng, Rossiya prezidenti buni "orqadan qilingan hujum" sifatida baholagan.

Vladimir Putin 28 noyabr kuni Turkiyaga nisbatan sanksiyalar joriy etish haqidagi farmonni imzolagan edi.

Top