Jahon | 21:42 / 02.12.2015
10822
1 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an: Turkiyaga tuhmat qilishga hech kim haqli emas

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning ta'kidlashicha, u Anqara IShIDdan neft sotib olayotgani haqidagi ma'lumotlar tasdiqlansa, u iste'foga chiqadi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, "hech kimning Turkiyaga tuhmat qilishga haqqi yo‘q".

U Qatardagi universitetdagi chiqishi paytida aytdiki, Turkiya Rossiya bilan munosabatlari sovuqlashishi tarafdori emas.

Biroz oldinroq, Rossiya Mudofaa vazirligi Rajab Toyib Erdo‘g‘anning oilasi IShIDdan neft sotib olayotganini tasdiqlovchi dalillarga egaligini bildirgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish