Jahon | 12:56 / 02.12.2015
8321
1 daqiqa o‘qiladi

Foreign Policy: Rossiya-Turkiya ixtilofida Obama neytral pozitsiyani egalladi

AQSh prezidenti Barak Obama ma'muriyati Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi ixtilofda dastlab Anqara Su-24 samolyotini urib tushirish uchun asosga ega bo‘lganligi haqida bayonot bergan bo‘lsa ham, shundan buyon ushbu masalada neytrallikni saqlamoqda, deb yozadi Foreign Policy jurnali.

Maqola muallifining fikricha, Oq Uy Rossiyaning ham, Turkiyaning ham jig‘iga tegishni istamayapti. Suriya ixtilofiga chek qo‘yishda AQShga Rossiyaning yordami zarur, shu bois Obama Moskvani ochiqchasiga tanqid ostiga olishdan qochmoqda. Turkiya esa NATO a'zosi hamda AQShning mintaqadagi eng muhim ittifochisidir, shuning uchun Vashington Anqaraning bergan versiyasini qo‘llab-quvvatladi.

“Obama o‘rtaliqda turishga urinmoqda, NATOning o‘zini mudofaa qilish haqidagi versiyasini qo‘llagani bilan, voqea diplomatik sa'y-harakatlarga putur yetkazmasligiga kuch sarflamoqda”, - dedi Milliy manfaatlar markazi eksperti Endryu Bouen.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish