Jahon | 09:53 / 02.12.2015
5529
1 daqiqa o‘qiladi

NATO Turkiya xavfsizligini ta'minlash choralari bo‘yicha paket ishlab chiqadi

Yaqin haftalar ichida NATO bloki Turkiyaning xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlar va alyansning janubi-sharqiy qismidagi vaziyatni nazorat qilish to‘g‘risidagi paketni ishlab chiqishni rejalashtirgan.

"NATOga a'zo davlatlarning mudofaa vazirlari oktabr oyida o‘tkazilgan uchrashuvda kelgusidagi ishlar va Turkiyaning chegaralari xavfsizligi masalasini muhokama qilishgandi. Bugun biz bu ishlar borasida qanday siljishlar borligini muhokama qildik", deyiladi ma'lumotnomada.

Ma'lumotnomada Turkiya tomonidan Rossiyaga tegishli Su-24 samolyoti urib tushirilishi bilan bog‘liq hodisa haqida eslab o‘tilmagan.

Biroz oldinroq, NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg alyans a'zolari bo‘lgan davlatlarga qarshi gibrid hujumlar xavfi mavjudligi bois, tashkilotning mas'uliyati ortishi haqida aytib o‘tgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish