Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Netanyahu Isroil Suriyada harbiy amaliyot o‘tkazishini ma'lum qildi
Isroil o‘z manfaatlarini himoya qilish va “Hizbulloh” harakati qo‘liga zamonaviy qurol-aslaha turlari tushishining oldini olish maqsadida Suriyada “vaqti-vaqti” bilan operatsiya o‘tkazib turadi, deb ma'lum qildi Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu. Bu haqda The Jerusalem Post nashri ma'lum qildi.
“Biz Golan tepaliklarida Eron yaratishga urinayotgan bizga qarshi yana bitta frontning oldini olish maqsadida Suriyada vaqti-vaqti bilan harakat qilamiz. Biz, shuningdek, Suriyadan Livanga juda xavfli qurol-aslaha turlari tushishining oldini olish bo‘yicha ishlar ham olib boramiz”, deb aytdi Netanyahu.
Netanyahuning aytishicha, Isroil kelajakda ham bunday operatsiyalarni amalga oshirishni davom ettiradi.