Jahon | 18:14 / 02.12.2015
5834
1 daqiqa o‘qiladi

Putin 2016 yilda ham qisqartirilgan maosh oladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘zining oylik maoshi, bosh vazir va shuningdek RF davlat xizmatida ishlovchi yuqori mansabdorlarning oylik maoshini 10 foizga qisqartirishni 2016 yilda ham davom ettirish bo‘yicha Farmonga imzo chekdi. Farmon matni huquqiy-axborot portali «Garant.ru»ga joylashtirilgan.

Farmonda 2015 yil 27 fevralda chiqarilgan prezident, Hukumat vakillari, Bosh prokuror va boshqa yuqori mansabdorlarning oyligini 1 martdan 2015 yil 31 dekabrga qadar qisqartirish bo‘yicha chiqarilgan Farmonga ushbu muddatni 2016 yilning 1 yanvaridan 31 dekabriga qadar uzaytirish to‘g‘risida o‘zgartirishlar kiritilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish