Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 08:40 / 02.12.2015
2729
1 daqiqa o‘qiladi
Tokio metrosida o‘to‘chirgich portlashi oqibatida 5 kishi jarohat oldi
2 dekabrda Tokio metrosida o‘to‘chirgich portlashi oqibatida 5 kishi jarohat oldi. Bu haqda mahalliy politsiya ma'lum qildi.
Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, portlash Xandzomon stansiyasida poyezd vagonida kukunli o‘to‘chirgich mahkamlagichidan tushib ketishi oqibatida sodir bo‘lgan.
Noxush voqea yo‘lovchilar orasida sarosima keltirib chiqargan, ular shoshilinch tarzda evakuatsiya qilinganlar. Voqea yuz bergan metro yo‘nalishi bo‘yicha harakat voqea sabablari aniqlanguncha vaqtinchalik to‘xtatib qo‘yilgan.