Jamiyat | 08:31 / 02.12.2015
3297
1 daqiqa o‘qiladi

Varshavadagi NATO sammiti ramzi qilich ushlagan suv parisi bo‘ladi

NATOga a'zo mamlakatlarning TIV rahbarlariga keyingi yilning iyul oyida Varshavada o‘tkaziladigan sammitning ramzini taqdim etildi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.

Qilich ushlab turgan mazkur ramzni sammitning tantanali ochilish marosimida NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg va Polsha vaziri Vitold Vashchjukovskiy taqdim etadi.

“Xuddi bugungidek, NATO alyansga a'zo davlatlarni himoya etishda davom etadi”, — dedi Polsha bayrog‘i rangiga o‘xshab ketuvchi ramzga izoh berar ekan Stoltenberg.

Vashchjukovskiyning ma'lum qilishicha, Yevropa sotsialistik davlatlarining NATOga qarshi tuzilgan va Varshava shartnomasi tashkiloti deb nom olgan harbiy ittifoq tashkil topgan shaharda o‘tkaziladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish