O‘zbekiston | 20:56 / 03.12.2015
2656
1 daqiqa o‘qiladi

Belgradda O‘zbekiston va Estoniya o‘rtasida kelishuv imzolandi

2015 yilning 3 dekabr kuni Belgrad shahrida (Serbiya) Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) Tashqi ishlar vazirlari kengashining 22-majlisida ishtirok etayotgan O‘zbekiston TIV delegatsiyasi Estoniya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Marina Kalyurand boshchiligidagi delgatsiya bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar qilgan.

Uchrashuvda ikki tomonlama aloqalarning hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi, 3 dekabrda ochilgan YeXHT TIVKning navbatdagi majlisi kun tartibi yuzasidan fikr almashildi hamda ayrim xalqaro va mintaqaviy muammolar ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida Diplomatik pasport egalarini viza rasmiylashtirishdan ozod qilish to‘g‘risida hukumatlararo bitim imzolandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish