Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 07:52 / 03.12.2015
1860
1 daqiqa o‘qiladi
Britaniya parlamenti Suriyadagi harbiy amaliyotlarga kirishish uchun ovoz berdi
Buyuk Britaniya parlamenti Suriya hududidagi IShID jangarilariga qarshi harbiy amaliyotlar o‘tkazishni boshlashni ma'qullab ovoz berdi. Bu haqda Sky News xabar tarqatgan.
Ma'lum qilinishicha, parlamentariylarning 397 nafari bu qarorni ma'qullagan, 223 kishi qarshi bo‘lgan.
Bundan oldinroq, mamlakat bosh vaziri Devid Kemeron Suriyada aviazarbalar berishining boshlanishi IShIDning britaniyaliklarga tahdidi kamaytirilishi haqida aytgandi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish