Jahon | 12:38 / 03.12.2015
3106
2 daqiqa o‘qiladi

Kaliforniyada otishma uyushtirganlarning shaxsi tasdiqlandi

Politsiya Kaliforniya shtatidagi San-Bernardino shaharchasidagi imkoniyati cheklanganlar markazida ro‘y bergan otishma ijrochilarining shaxsi haqida ma'lumot berdi.

"Ulardan biri Sog‘liqni saqlash departamenti xodimi 28 yoshli Said Rizvon Faruq, ikkinchisi 27 yoshli Tashfen Malik", deyiladi xabarda.

Ma'lum qilinishicha, Faruq AQSh fuqarosi bo‘lib, shu okrugda ishlagan.

U markaz binosida o‘tkazilgan ziyofat vaqtida hamkasblari bilan janjallashib qolgan va binoni tark etib, birozdan keyin sheriklari bilan qaytib kelib, odamlarni ota boshlagan.

Biroz oldinroq, Faruq biroz vaqt ta'tildan qaytib kelgani haqida xabar qilingandi.

3 dekabrga o‘tar kechasi Kaliforniya shtatining San-Bernardino shaharchasida (Los-Anjyeles yaqinida) noma'lum shaxslar jismoniy imkoniyati cheklangan kishilar uchun markaz hududiga bostirib kirib, tartibsiz ravishda o‘t ochishgan. Bu otishma natijasida 14 kishi halok bo‘lgan va 17 kishi yaralangan.

Hujum qilganlardan biri, ayol kishi otib o‘ldirilgan, yana biri (Said Faruq) qo‘lga olingan, uchinchi jinoyatchini qidirish ishlari davom etmoqda.

Oldingi xabarlarda bu guruh politsiya ta'qibidan qochish vaqtida bomba portlatgani aytilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish