Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kaliforniyadagi otishma tashkilotchisi yaqinda ta'tildan qaytgani aytildi
Kaliforniyadagi San-Bernardino shaharchasidagi jismoniy imkoniyati cheklanganlar markazida uyushtirilgan ziyofat vaqtida hamkasblari bilan janjallashib qolganidan keyin hududni tark etib, 2 yordamchisi bilan qurollangan holda qaytib kelgan Sog‘liqni saqlash departamenti xodimi Said Faruq haqidagi yangi ma'lumotlar paydo bo‘ldi.
Uning sobiq hamkasblaridan biri Said Faruqni ta'riflagan.
"U juda tartibli va jim yuradigan odam edi. Men u bilan faqat salom-alik qilganman. U juda kamgap edi", deydi u.
Uning aytishicha, Faruq biroz oldinroq ta'tildan qaytib kelgandi.
3 dekabrga o‘tar kechasi Kaliforniya shtatining San-Bernardino shaharchasida (Los-Anjyeles yaqinida) noma'lum shaxslar jismoniy imkoniyati cheklangan kishilar uchun markaz hududiga bostirib kirib, tartibsiz ravishda o‘t ochishgan. Bu otishma natijasida 14 kishi halok bo‘lgan va 17 kishi yaralangan.
Hujum qilganlardan biri, ayol kishi otib o‘ldirilgan, yana biri (Said Faruq) qo‘lga olingan, uchinchi jinoyatchini qidirish ishlari davom etmoqda.
Oldingi xabarlarda bu guruh politsiya ta'qibidan qochish vaqtida bomba portlatgani aytilgandi.