Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kreml Britaniyaning IShIDga qarshi amaliyotlarga qo‘shilishini qutladi va koalitsiya tuzishga chaqirdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot xizmati rahbari Dmitriy Peskov Buyuk Britaniya harbiy samolyotlari Suriya hududida IShID pozitsiyalariga zarba berishiga munosabat bildirdi.
RIA Novosti agentligining Peskovga asoslanib xabar berishicha, Rossiya tomoni bu harakatni xayrixohlik bilan qabul qilgan.
"Biz terrorchilikka qarshi har bir harakatni olqishlaymiz. Albatta Buyuk Britaniya bilan hamkorlikda harakatlarni amalga oshirish uchun koalitsiya tuzsak, faoliyatimiz samaraliroq bo‘ladi, deb hisoblaymiz", degan Peskov.
Uning aytishicha, Rossiya hamisha "umumiy koalitsiya tuzilishi tarafdori" hisoblanadi. U faqat rossiyalik harbiylargina bu hududda qonuniy tarzda harakatlanishayotganini ta'kidlagan.
Bugun Buyuk Britaniya Suriya hududida IShIDga qarshi ilk havo zarbalarini yo‘lladi.
Biroz oldinroq, britaniyaliklar Kiprdagi harbiy bazasiga yana 8ta harbiy samolyot jo‘natgani xabar qilindi.