Jahon | 07:37 / 03.12.2015
5487
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Britaniya yaqin soatlar ichida IShID pozitsiyalariga aviazarbalar berishga kirishadi

Buyuk Britaniya Harbiy havo kuchlari samolyotlari IShIDga qarshi havo zarbalari berishni boshlashi mumkin. Sky News muxbirining bildirishicha, bu ish yaqin soatlar ichida ro‘y beradi.

"Menga xabar qilishlaricha, bir necha soatdan keyin Britaniya qiruvchi samolyotlari Suriya hududidagi jangarilarga zarba berishga kirishadi", deya yozgan u o‘z tvitterida.

Biroz oldinroq, Britaniya parlamentida Suriyadagi harbiy amaliyotlarni boshlash masalasi ovozga qo‘yilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish