O‘zbekiston | 14:07 / 03.12.2015
2803
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda zilzilalardan ogohlantiruvchi stansiyalar tarmog‘i yaratiladi

2015 yilning oxiriga qadar O‘zbekistonda zilzilalarning oldindan xabar berish tezkorligini oshirish maqsadida kuchli yer osti silkinishlari stansiyalar tarmog‘i yaratiladi. Bu haqda O‘zR FA Seysmologiya instituti direktori Sabriddin Xusomiddinov ma'lumot berdi.

Uning ta'kidlashicha, yangi tarmoq Seysmologiya instituti va Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda. Uning to‘laqonli ishga tushirilishi FVVning hududiy boshqarmalariga silkinish yuz berishi bilan uning intensivligini ballar tizimida aniqlab berish va bir necha daqiqa ichida silkinishning hududlar bo‘yicha ta'sir qamrovini belgilash imkonini beradi.

“Shuningdek, institut bazasida seysmik xavf-xatarni avtomatlashtirilgan raqamli tizimi yaratilgan, - uning so‘zlarini keltiradi “Darakchi” nashri. – Shu tariqa mamlakatimizdagi barcha seysmik stansiyalar tarmog‘i kengaytirilib, barcha analogli satntsiyalar raqamli ishlash tizimiga o‘tadi. Bu esa eng kichik magnitudali silkinishlarni ham aniqlashtirish imkonini beradi”.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish