Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin: Alloh Turkiya rahbariyatini jazoladi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Federatsiya yig‘iniga murojaati chog‘ida Turkiya rahbariyatini keskin tanqid ostiga oldi. Ikki davlat o‘rtasida rivojlanib kelayotgan aloqalarni buzib yuborganlarni, Putinning fikricha, Alloh jazolab, aqldan judo qilgan.
“Tushunmayman, nega ular bunday ishni qildilar, - dedi Rossiya rahbari. – Har qanday muammolarni mutlaqo an'anaviy yo‘llar bilan hal qilsa bo‘lardi. Biz ular bilan eng nozik masalalarda muloqot qilishda va ularning ittifoqchilari qilmaydigan ishlarni qilishga tayyor edik”.
“Aftidan, Alloh Turkiyaning hukmron to‘dasini jazolab, aqldan judo qilishga qaror bergan”, - so‘zida davom etdi siyosatchi.
Putin Rossiya bu masalani hal qilishga hissiyot bilan yondashmasligini qayd qilib o‘tdi: “Biz asabiy, jazavali, butun dunyo uchun xavfli reaksiya bildirmaymiz”.
Lekin, shu bilan birga, Turkiya “qilgan ishidan hali ko‘p pushaymon bo‘ladi”.
“Turkiya rahbariyati quruq pomidorlar otilishi bilan qutulib qolaman, deb o‘ylasa, qattiq yanglishadi”, - xulosa qildi Putin.