Jahon | 15:07 / 03.12.2015
7149
1 daqiqa o‘qiladi

Putin: Turkiyada o‘g‘irlik neftdan kim pul ishlayotganini bilamiz

Rossiya prezidenti Vladimir Putin maxsus xizmatlar allaqachon Turkiyada kim o‘g‘irlik neftdan daromad olayotgani va kim harbiylashgan guruhlarni yollayotganini aniqlab bo‘lganini aytdi.

“Biz, masalan, Turkiyada kim cho‘ntaklarini Suriyada o‘g‘irlangan neft hisobiga to‘ldirib, terrorchilarga ham daromad qilish imkoniyatini berayotganini bilamiz, - dedi u Federatsiya yig‘ini oldidagi chiqishi chog‘ida. – Aynan mana shu pullar hisobiga banditlar odam yollaydi, qurol sotib oladi, g‘ayriinsoniy teraktlar tashkil qiladi, bu teraktlar bizning fuqarolarimiz, Fransiya, Livan, Mali fuqarolariga qarshi qaratiladi”.
Murojaat davom etmoqda. U “Rossiya 24” telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish