Jahon | 11:12 / 03.12.2015
3372
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistonlik amaldorlar bosh vazirning radiodan ertalabki chiqishini eshitishiga to‘g‘ri keladi

Qirg‘iziston hukumati devoni rahbariyati amaldorlarni har seshanba kuni ertalab “Birinchi radio” efirini tinglashi lozimligi haqida ko‘rsatma berdi. Bu haqda hukumat matbuot xizmati xabar berdi.

Aytilishicha, devon rahbarining birinchi o‘rinbosari Murot Muqambetov vazirlik, idora va viloyat ma'muriyatlariga yuborgan ko‘rsatmada har seshanba soat 9:00dan 10:00gacha “Birinchi radio” efirida bosh vazir Temir Sariyev chiqish qilishi va barcha uni eshitishi lozimligi tushuntirilgan.

Ta'kidlanishicha, bu idoralar bosh vazir bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri radioefirda muloqot qiladigan fuqarolarning muammolariga tezkor yechimlar topishi uchun qilinmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish