Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Senatorlar 2016 yilgi davlat byudjyetini tasdiqladi
Senatorlar O‘zbekiston Respublikasining 2016 yilgi Davlat byudjyeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjyetlari, shuningdek, soliq va byudjyet siyosatining asosiy yo‘nalishlari hamda “2016 yilgi soliq va byudjyet siyosatining asosiy yo‘nalishlari qabul qilingani munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunni qabul qilishdi. Bu haqda 12news.uz xabar bermoqda.
Qayd etish joizki, kelgusi yilga shakllantirilgan soliq-byudjyet siyosatining asosiy yo‘nalishlarida, shuningdek, asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarda yalpi ichki mahsulotning 7,8 foizga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 8,2 foizga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish 6,1 foizga, kapital qo‘yilmalar hajmi 9,6 foizga o‘sishi nazarda tutilgan.
2016 yilgi Byudjyetnoma loyihasida mikrofirma va kichik korxonalarga mansub bo‘lgan xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi stavkasini 6 foizdan 5 foizgacha tushirilishi taklif etilmoqda. Bu mazkur korxonalar ixtiyorida 58,4 milliard so‘m qoldirish imkonini beradi.
2016 yilda Davlat byudjyetining ijtimoiy xarajatlari YaIMning 11,9 foizi yoki umumiy xarajatlarning 59,2 foizini tashkil etadi. Kelayotgan 2016 yilda ta'lim sohasiga YaIMning 6,8 foizi yoki 2015 yilga nisbatan 16,6 foiz o‘sish ko‘rsatkichiga ega bo‘ladi. Shuningdek, sog‘liqni saqlash sohasiga sarflanadigan mablag‘lar miqdori Yalpi ichki mahsulot hajmining 2,8 foizini tashkil etib, mazkur jabhadagi islohotlar bo‘yicha dasturlarni amalga oshirish, aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasini oshirishga yo‘naltiradi.