Jahon | 08:26 / 04.12.2015
1438
1 daqiqa o‘qiladi

Avstraliyada terrorchilikka aloqadorligi gumon qilinganlar fuqarolikdan mahrum etiladi

Avstraliya parlamenti terrorchilikda gumon qilinuvchi shaxs ikkinchi mamlakat fuqaroligiga ega bo‘lgan holatlarda uni fuqarolikdan mahrum etish jazosi qo‘llanadigan qonun loyihasini ma'qulladi. Bu haqda Associated Press xabar tarqatdi.

"Bu qonun terrorchilikka qarshi kurashni kuchaytirishga xizmat qiladi", deydi mamlakat bosh prokurori Jorj Brandis.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qonun cheklangan sharoitlarda amal qiladi, va Avstraliya oliy sudi ba'zi qarorlarni tasdiqlamasligi mumkin.

Ma'lum qilinishicha, Avstraliyadan IShID safiga yo‘l olganlarning yarmidan ko‘prog‘i ikkinchi fuqarolikka ega hisoblanadi.

Biroz oldinroq, IShID jangarilari uchun Avstraliyada tayyorlangan Toyota rusumli avtomobillar yetkazib berilgani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish