Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT: Gretsiya va Makedoniya chegaralarda muhojirlarga nisbatan insoniy muomalada bo‘lishi kerak
Qochqinlar masalasi bo‘yicha BMT oliy boshqarmasi komissari Gretsiya va Makedoniya hukumatiga murojaat qilar ekan, ularni grek-makedon chegarasidagi muhojirlar oqimini tartibga solishda inson huquqlariga amal qilishga chaqirdi.
"Oliy boshqarma Gretsiya va Makedoniya chegarasida bo‘layotgan ishlardan qattiq tashvishda. Vaziyatni tartibga solish uchun inson va qochqinlar huquqiga to‘la amal qilish talab etiladi”, - deyiladi ma'lumotda.
Boshqarmaning ma'lum qilishicha, vaziyat Bolqonning g‘arbiy qismida tarang bo‘lib, endilikda chegaradan o‘tish faqatgina Suriya, Iroq va Afg‘onistondan kelganlar uchungina ochiqdir.
Boshqarmada Bolqon mamlakatlariga kelayotgan qochqinlarga millatiga emas, balki ehtiyojiga qarab yordam ko‘rsatish tavsiya etildi.