Jahon | 19:35 / 04.12.2015
2517
2 daqiqa o‘qiladi

Italiyada cherkov xizmatchisi 100 ming yevrolik xayriya pullarini mashina va kurortlarga sarflab yubordi

Italiyalik cherkov xizmatchisi 100 ming yevrolik xayriya pullarini avtomobil, skuter, dolomit (mineral)li Alp tog‘lari va Sitsiyaliyada xordiq chiqarish, sport inventarlari, qimmatbaho tushliklar va o‘z onasining kosmetikasi uchun sarflab yubordi. Bu haqda The Local xabar bermoqda.

2014 yilda vafot etgan aptekachining vasiyatiga binoan cherkovga 14 million yevro xayr-ehson qilingan edi. Mazkur mablag‘ faqirlarga insonparvarlik yordamini ko‘rsatadigan “Karitas” katolik tashkilotining mahalliy bo‘linmasi uchun mo‘ljallangan edi.

Lenyarolik 57 yoshli cherkov xizmatchisi esa mazkur pullar uchun javobgar etib tayinlangan edi. “Hamkasblari uning hayot tarzi to‘satdan o‘zgarib qolganini payqagandan so‘ng politsiyani xabardor qilishgan”, - deyiladi xabarda. Mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, italiyalik umumiy miqdorda 100 ming yevroni sarflab yuborgan. Uning ismi oshkor qilingani yo‘q, mahalliy matbuot faqatgina ism-sharifining bosh harflarini keltirib o‘tgan — L.S.
Tergov ishlari olib borilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish