Jahon | 07:37 / 04.12.2015
2087
1 daqiqa o‘qiladi

Kaliforniyadagi otishma ijrochisining uyidan 12ta qo‘lbola bomba topildi

Kaliforniya politsiyasi San-Bernardino shaharchasida otishma uyushtirgan shaxsning uyidan 12ta qo‘lbola bomba aniqlagan. Bu haqda The Washington Post xabar tarqatgan.

Qayd etilishicha, bu bombalar trubalar asosida yasalgan. Shuningdek, uydan bomba tayyorlash texnologiyalari bo‘yicha yo‘riqnomalar hamda o‘nlab patronlar topilgan.

Biroz oldinroq, Kaliforniyadagi otishma terakt bo‘lishi mumkinligi istisno qilinmayotgani aytilgandi.

Eslatib o‘tamiz, 3 dekabrga o‘tar kechasi Kaliforniya shtatining San-Bernardino shaharchasida (Los-Anjyeles yaqinida) noma'lum shaxslar jismoniy imkoniyati cheklangan kishilar uchun markaz hududiga bostirib kirib, tartibsiz ravishda o‘t ochishgan. Bu otishma natijasida 14 kishi halok bo‘lgan va 17 kishi yaralangan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish