Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koordinator: Yevrokengash Daniyadagi referendum natijalaridan afsusda
Yevrokengashning terrorizm masalalari bo‘yicha koordinatori Jil de Kerkov 4 dekabr kuni Daniyada bo‘lib o‘tgan referendum natijalaridan afsusda ekanini, biroq buni demokratiya namoyishi va xalq irodasi deb nomladi.
Daniyada Yevrokengash istiqboliga shubha bilan qarovchilar YeI bilan yuridik va politsiya sohalaridagi yaqinlashuv masalalariga bag‘ishlangan umumilliy referendum yakunlariga ko‘ra g‘alabaga erishishdi.
“Bu demokratiya. Biroq Yevropa xavfsizlikni ta'minlashi mumkin, deb hisoblovchilar ham bor. Shunday bo‘lsa ham men Daniyani (terrorizmga qarshi kurashda) bizga kerak mamlakat deb bilaman”, - dedi Kerkov Bryusselda YeI TIV rahbarlari uchrashuvi arafasida.
Kerkovning aytishicha, endilikda Daniya Yevropa politsiya mahkamalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi mexanizm - Yevropol ishida ishtirok eta olmaydi.
3 dekabr kuni Daniyada hukmron Liberallar partiyasi tashabbusi bilan referendum o‘tkazilgan edi. Ovozlar hisob-kitob qilinganidan so‘ng YeI yuridik qonunlariga moslashishga qarshi 53,1 foiz ovoz berilgani ma'lum bo‘ldi. Yevrointegratsiya tarafdorlari esa 46,9 foizni tashkil etgan.
Daniya hukumati referendumni 2016 yilda o‘tkazishni rejalashtirgan edi. Hukumat Britaniya 2016 yoki 2017 yilda o‘tkazilishi kutilayotgan YeI tarkibidan chiqish to‘g‘risidagi referendum natijalari daniyaliklarga ta'sir ko‘rsatishidan cho‘chib referendum sanasini o‘zgartirdi.
1993 yilda YeI Daniyaga umumevropa siyosatidagi to‘rtta istisnoni taqdim etgan edi: umumevropa valyutasiga o‘tmaslik, yagona mudofaa tizimida ishtirok etmaslik, yuridik sohada hamkorlik qilmaslik va yagona Yevropa fuqaroligini joriy etmaslik. A'zolikning bunday shartlari mamlakatning Yevropol ishida to‘liq miqyosda qatnasha olmasligini taqozo etadi.