Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lavrov: Asadning taqdiri terrorchilikka qarshi kurashdagi hamkorlik shartlarini belgilashi kerak emas
Suriya prezidenti Bashar Asadning taqdiri terrorchilikka qarshi sa'y-harakatlarni birlashtirish uchun shart bo‘lishi kerak emas, deb Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning aytgan so‘zlarini keltirmoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
“Hozir, o‘zingiz ko‘ryapsiz, ba'zi hamkorlarimiz Asadning taqdiri hal bo‘lmaguncha IShID va boshqa jangarilarga qarshi kurashda kuchlarni haqiqiy muvofiqlashtirishni amalga oshira olmasliklarini aytishmoqda, biroq biz bu muammoni Vena uchrashuvlarida hal qilgan edik, shekilli. U yerda qabul qilingan hujjatlarda faqatgina Suriya xalqi Suriya taqdirini hal qila olishi aniq-ravshan yozib qo‘yilgan. Bu bilan barchasi aytildi, deb o‘ylayman. Bu hujjatlarda siyosiy jarayon natijasini oldindan aytishning qandaydir shartlari, qandaydir urinishlari yo‘q, ularda terrorchilikka qarshi kurashni faollashtirish uchun qandaydir dastlabki shartlar ham mavjud emas”, deb aytdi Lavrov.