Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Niderlandiyada IShIDga qarshi kurashga qo‘shilish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda
AQSh hukumati Niderlandiyadan IShIDga qarshi kurashga qo‘shilishni so‘radi, deb ma'lum qildi Niderlandiya tashqi ishlar vaziri Bert Kunders. Bu haqda De Telegraaf nashri xabar bermoqda.
Kundersning aytishicha, Niderlandiya hukumati AQSh Davlat kotibi Jon Kerrining bu iltimosiga jiddiy munosabat bildirdi. Kerri bu masalani Kunders bilan telefon orqali muhokama qildi.
Kundersning ta'kidlashicha, ayni paytda Suriyada IShID pozitsiyalariga aviazarbalar berish imkoniyatlariga “yangi baholashni o‘tkazish” ma'noga egadir. U bu mavzuni muhokama qilish uchun yangi istiqbollar ochilganini qo‘shimcha qildi.
Avvalroq Niderlandiya Parijdagi teraktlardan keyin chegaralari va aeroportlarda xavfsizlikni kuchaytirishi ma'lum qilingandi.